Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizda Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni keng nishonlandi
16:11 / 2025-04-28

FOTOREPORTAJ

Xalqaro mehnat tashkiloti tashabbusi bilan 22 yildan buyon 28 aprel sanasi “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” sifatida nishonlanadi. 

Sana munosabati bilan Surxondaryo viloyatida qator tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali “Sherobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

[gallery-23052]

Mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi, favqulodda holatlarning oldini olish va ishlab chiqarish nazorati bo‘limi mas’ul xodimlari hamda tizim jamoalarida mehnat muhofazasi bo‘yicha saylangan vakillar ishtirok etgan seminarda ish joyida jarohatlanish holatlari va kasb kasalliklarining oldini olish, mehnat muhofazasi masalalariga qaratilayotgan e’tibor joylarda o‘z samaralarini berayotgani ta’kidlandi.

Sana munosabati bilan xodimlar o‘rtasida sog‘lom muhitni targ‘ib qilish maqsadida sportning shaxmat-shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. 

Tadbir so‘nggida musobaqada g‘olib bo‘lgan xodimlar hamda mehnatni muhofaza qilish ishlarini namunali tashkil etgan mazkur gaz to‘ldirish inshooti rahbariyatiga faxriy yorliq va sovg‘alar topshirildi. 

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA