Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizda birinchi qor
22:47 / 2025-12-21

FOTOREPORTAJ

Issiq iqlimga ko‘nikkan janubliklar qor yog‘ishini alohida quvonchli hodisa sifatida qarshi oladi. Bugun Termiz shahrida yoqqan qor ana shunday quvonchli lahzalarga sabab bo‘ldi.

Shahar qish faslining o‘ziga xos oppoq libosiga burkanib, butunlay farqli qiyofa kasb etdi. Havo harorati past bo‘lishiga qaramay, kattayu kichik ko‘chada sayr qilishga, tabiatning bu kamyob ne’matidan bahramand bo‘lishga oshiqmoqda. 

[gallery-26839]

Oppoq qor, sokinlik va toza havo Termizga o‘zgacha fayz bag‘ishlash bilan birga, ostonada eshik qoqayotgan bayramdan darak berdi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA