French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizda ayollar velopoygasi o‘tkazildi
16:47 / 2023-06-15

FOTOREPORTAJ

Termiz shahrida “Ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida velomarafon bo‘lib o‘tdi.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan musobaqada 300 nafardan ziyod xotin-qiz ishtirok etdi. Ular shaharning Navbahor va Alisher Navoiy ko‘chalari oralig‘idagi 2 kilometr masofani bosib o‘tdi.

Velomarafonda yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

[gallery-12353]

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA