Termiz shahridagi umumta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari orasidan 49 nafar o‘quvchi oltin, 17 nafari kumush medal bilan taqdirlandi. Bu mukofot nafaqat o‘quvchilarning tinimsiz mehnati, balki ularning ustozlari, ota-onalari hamda butun ta’lim jamoasining fidokorona sa’y-harakatlari samarasidir.
Tantananing o‘ziga xos va ilhomlantiruvchi muhitida o‘tkazilgan medal topshirish marosimida Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Husniddin Mamadiyev ishtirok etdi. U bitiruvchilarni yuksak natijalari bilan samimiy tabriklab, kelgusi o‘qish va ishlarida zafar tiladi.
[gallery-24084]
Medal egalari sahnaga ko‘tarilgan daqiqalar – faxr, quvonch va hayajon aralashgan shukronalik tuyg‘ulari bilan barcha yig‘ilganlarning yodida qoldi. Zero, bu mukofot bilimga chanqoqlik, mehnatsevarlik va halollikning yorqin timsolidir.
Ta’kidlash joiz, medal sohiblari sonining yildan yilga ortib borayotgani ta’lim tizimida sifatli o‘qitish, o‘z ustida ishlaydigan o‘quvchilar va mas’uliyatli ustozlar safining kengayayotganining ham yaqqol dalilidir.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/8-lrXHuNnYI" title="Termizda 66 nafar bitiruvchiga oltin va kumush medal topshirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA