Termizda 28 turdagi salqin ichimlik ishlab chiqarilmoqda
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” mas’uliyati cheklangan jamiyati salqin ichimliklar ishlab chiqarish sohasida o‘z o‘rniga ega.
[gallery-27335]
2017 yilda tashkil etilgan korxonada hozirda 28 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar asosida ishlaydigan ishlab chiqarish liniyalari orqali sharbat kabi 28 turdagi salqin ichimlik tayyorlanmoqda.
Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 250 ming tonnani tashkil etib, mahsulotlar asosan mahalliy bozorga chiqarilmoqda. Ichki bozordan ortgani eksportga yo‘naltirilmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA