Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termiz tumanida hokim o‘zgardi
15:08 / 2025-12-30

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Tuman hokimi Shuxrat Nazarov boshqa ishga o‘tganligi sababli lavozimidan ozod etildi. Ushbu lavozimga Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan Shuhrat Qalandarov nomzodi ma’qullandi.  

Shuxrat Qalandarov 1981 yil Denov tumanida tug‘ilgan. 2004 yil Termiz davlat universitetini, 2015 yil O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi soliq akademiyasini soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida soliq organlarida turli vazifalarda, Termiz tumanida davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Termiz va Sariosiyo tumanlari va Termiz shahrida hokimning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.  

Tayinlovga qadar Termiz tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.  

Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri