Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining 2022 yil 22 avgustdagi sud hujjatiga asosan qarzdor “AGRO FEED” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan o‘z vaqtida to‘lanmagan kredit qarzdorligi uchun 1 million 674 ming 625 dollar miqdoridagi mablag‘ni undirish belgilangan. Mazkur hujjat MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi ish yurituvga qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishildi.
Ijro hujjatiga asosan undiruv “MERIDIAN NOTEL” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Termiz shahridagi olti qavatli mehmonxonasiga qaratildi.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari chog‘ida qarzdor jamiyat rahbari ogohlantirilib, bankdagi barcha hisob raqamlariga band solindi. Sud qarori ijrosini ta’minlash uchun garov mulki hisoblangan mehmonxona xolislar va tegishli mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, xatlovga olindi. Qarzdorlik belgilangan muddatda to‘lab berilmagan taqdirda mehmonxona onlayn auksion savdolari orqali realizatsiya qilinishi haqida ogohlantirildi.
Qarzdor jamiyatga tegishli “Meridian” mehmonxonasi 16 milliard 170 million 96 ming so‘mga baholangan. Ayni paytda uni onlayn auksion savdosi orqali sotish choralari ko‘rilmoqda.
Salohiddin Atayev,
MIB Surxondaryo viloyat
boshqarmasi katta inspektori