FOTOREPORTAJ
So‘nggi yillarda mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasi jadal rivojlanib bormoqda. Yetti yil oldin yurtimizda IT kompaniyalari soni 147 ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 2 mingtadan ziyodni tashkil etadi. Ularda 30 ming nafar xodim yuqori daromadli ish bilan band. 70 ming nafardan ziyod o‘g‘il-qiz IT bilan mustaqil shug‘ullanayapti.
Ta’kidlash kerak, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ushbu sohada eksport hajmini 5 milliard AQSH dollariga yetkazish va 300 ming nafar yoshni ish bilan band qilish rejalashtirilgan.
Termiz shahridagi IT Parkda “Joylinks” IT akademiyasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
IT sohasini rivojlantirish va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadiga yo‘naltirilgan akademiyada ilg‘or xorijiy tajriba orqali ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida zamonaviy IT yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beriladi. Xususan, “Robototexnika”, “Kompyuter savodxonligi”, “Web dasturlash”, “Grafik dizayn”, “SMM”, “Foundation dasturlash” kabi zamonaviy kasblar yo‘nalishida mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.
[gallery-22294]
Mazkur akademiyaning ochilishi IT sohasi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashda muhim qadam bo‘lib, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA