French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termiz innovatsion tumanga aylanmoqda
10:07 / 2025-07-09

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimining innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Farhod Murodov jurnalist va blogerlarga hududni innovatsion rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. 

Prezidentimizning 2022 yil 6 iyuldagi “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Termiz tumanining ham iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, innovatsion hududga aylantirish belgilangan. Hokimning innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilgan.

Anjumanda qayd etildiki, o‘tgan davrda tumanni innovatsion hududga aylantirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, yoshlar kovorking markazi, ikkita startapni qo‘llab-quvvatlovchi seksiya ish boshladi. Innovatsion texnologiyalarni joriy etuvchi uchta korxonada ishlab chiqarish jarayonida texnologik yangilanishlar yuz berdi. “Aqlli qishloq xo‘jaligi”, “Aqlli ta’lim”, “Aqlli tibbiyot”, “Aqlli mahalla” pilot dasturlari asosida qator loyiha ro‘yobga chiqarildi. 

Xususiy sektorda ikkita innovatsion mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, joriy yilning birinchi yarmida 8,6 million dollar miqdoridagi mablag‘ o‘zlashtirildi. Reja 124 foizga bajarildi.

Matbuot anjumanida, shuningdek, kelgusidagi vazifalar xususida ham fikr almashildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri