English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termiz hayvonot bog‘ida necha turdagi hayvon parvarish qilinishini bilasizmi?
16:52 / 2021-01-27

Deyarli bir asr avval, ya’ni 1934 yilda tashkil etilib, hozirgi kunga qadar faoliyat yuritib kelayotgan Termiz hayvonot bog‘i bugungi kunda dunyoning turli nuqtalaridan keltirilgan, kamdan-kam uchraydigan noyob jonzotlarga makon.

Hayvonot bog‘ida 127 turdagi 815 bosh hayvonlar parvarish qilinmoqda. Bog‘da xonakilashtirilgan va qo‘lga o‘rgatilgan ayrim jonzotlarning yovvoyi turlari ham saqlanadi. Ularni boqish va parvarish qilish esa turiga qarab tuyoqlilar, yirtqichlar, baliqlar va sudralib yuruvchilar hamda qushlar bo‘limlariga ajratilgan.  

Hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar uchun ko‘rkam yovvoyi tabiatga uyg‘unlashgan intererlarni tashkil etish ishlari boshlab yuborilgan.         

       [gallery-930]                                              

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA