Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termiz hayvonot bogʻi yopildi
19:10 / 2020-03-20

Termiz hayvonot bogʻida hozir 127 turdagi 760 dan ortiq jonzot parvarish qilinmoqda.


Mamlakatimizdagi ikkinchi Termiz hayvonot bogʻi koronavirus infeksiyasi tarqab ketishining oldini olish hamda undan saqlanish maqsadida nomuayyan muddatga tomoshabinlar uchun oʻz eshiklarini yopdi.

–Bunday qarorga kelishimizga sabab xalqimizni jahon boʻylab keng tarqalayotgan pandemiyadan ehtiyot qilishdir,–deydi veterinar vrach M.Bekxonov.–Biz, mutaxassislar odatdagidek oʻz ishimizni davom ettirib, jonivorlar bilan shugʻullanamiz. Ulardan havotir olishga hech qanday sabab yoʻq. Bogʻning ochilishi haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Termiz hayvonot bogʻida hozir 127 turdagi 760 dan ortiq jonzot parvarish qilinmoqda.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati tarixi va madaniyati, mintaqamizda yagona Termiz arxeologiya muzeylari ham koronavirus sababli vaqtincha yopilgan.