FOTOREPORTAJ
Surxondaryoda “Eng ilg‘or madaniyat markazi boshlig‘i” va “Eng yaxshi kutubxona” hamda “Eng yaxshi kutubxonachi” ko‘rik-tanlovlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovlar harbiy qism va muassasalarda madaniyat markazi boshliqlarining ish samaradorligini yanada oshirish, ish faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, targ‘ibotning innovatsion texnologiyalarini joriy etish hamda soha xodimlari orasidan eng namunalilarini aniqlashga yo‘naltirilgan.
Tanlovda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi mutaxassislari, Yozuvchilar uyushmasi, Adib Sobir Termiziy kutubxona markazi, Termiz shahar “Ma’rifat” targ‘ibotchilari vakillari odilona hakamlik qildi. Unda viloyatda joylashgan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda faoliyat yurituvchi Madaniyat markazi boshliqlari, kutubxonachilar o‘zaro bahs olib bordi.
[gallery-18377]
“Eng ilg‘or Madaniyat markazi boshlig‘i” tanlovida mutaxassislar belgilangan shartlarni bajarib, o‘z ish faoliyati bilan hakamlarni tanishtirdilar. “Eng yaxshi kutubxona” tanlovida harbiy qism va muassasalarda mavjud kutubxonaning zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangani, yangi adabiyotlar bilan boyitilgani alohida inobatga olindi. “Eng yaxshi kutubxonachi” tanlovida esa kutubxonachilarning bilimi va kasbiy mahorati, kitobxonlarga ko‘rsatayotgan xizmat turlari, elektron katalog yaratish va foydalanish, ma’naviy-ma’rifiy kechalar, tanlovlar o‘tkazish, kitobxonlar bilan ish faoliyatini tashkil etish, internet yordamida berilgan mavzu bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish, zamonaviy va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ish jarayonida samarali foydalana olish, kutubxonada adabiyotlardan mavzuga oid bibliografik ko‘rsatkich tuzish, kutubxona fondi va adabiyotlari bilan ishlash mahorati sinab ko‘rildi
Yakunda g‘oliblik Termiz garnizonidagi mutaxassislarga nasib qildi.
Tanlov g‘oliblari qo‘mondonlik tomonidan munosib taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA