English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termiz davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yili tantanali boshlandi
17:39 / 2024-09-09

FOTOREPORTAJ

Termiz davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tantanali marosim tashkil etildi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.  

Marosimni ochib bergan institut rektori Azizbek Hasanov ta’lim dargohi faoliyati, talaba-yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish jarayonlari va istiqboldagi rejalar haqida to‘xtaldi. Мусtaқиллигимизнинг 33 yilligi va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan barchani qizg‘in tabriklab, talabalarga kelgusi o‘qish va ishlarida omad tiladi. 

[gallery-19170]

Ta’kidlash kerak, institutda 5 ta fakultet, 24 ta mutaxassislik ta’lim yo‘nalishi mavjud. Ularda qariyb 12 mingga yaqin yigit-qiz ta’lim oladi. Talabalarga 5 nafar fan doktori, 6 nafar professor, 60 dan ziyod fan nomzodi va dotsentlar hamda 310 dan ziyod professor-o‘qituvchilar saboq bermoqda.

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA