French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termiz dala o‘quv maydonida navbatdagi o‘quv-uslubiy yig‘in boshlandi
09:56 / 2021-09-07

Qurolli Kuchlarimizda yuz berayotgan yangilanishlar milliy armiyamizning jangovar shayligini yanada oshirib, tayyorgarlik mashg‘ulotlari samaradorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Mudofaa vazirligining Janubiy operativ qo‘mondonligi buyrug‘iga asosan hududdagi harbiy qismlar havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari bilan aviatsiyaning intensiv uchish hududlarida o‘tkazilayotgan o‘quv-uslubiy yig‘ini ham ana shunday maqsadga yo‘naltirilgan.

Unda Janubiy operativ qo‘mondonligi havo hujumidan mudofaa bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Sarvar Toshtemirov qo‘shinlarimizning jangovar tayyorgarlik darajasini dunyoning eng ilg‘or armiyalari bilan tenglashtirish uchun harbiy qism va muassasalarda barcha moddiy-texnik asoslar, harbiy xizmatchilarga zarur sharoitlar yaratilganini qayd etdi. Bu jarayonda tinchligimiz posbonlari faqat va faqat izlanib, o‘z ustida ishlashi, eng so‘nggi zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishi lozimligini ta’kidladi. Yig‘inning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga omad tiladi.

Mazkur dala o‘quv yig‘ini mavjud tajribalarni yanada mukammallashtirib, jangovar harakatlarni tashkil etish, ularni zamonaviy sharoitlarda har tomonlama ta’minlash bo‘yicha egallangan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

O‘quv yig‘inning dastlabki kunida ishtirokchilar bilan saf tayyorgarligi va jismoniy tayyorgarlik jarayonlarini yangicha usullarda olib borish yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

O‘quv-uslubiy yig‘in davom etmoqda.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA