Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termitlarga qarshi kurashish markazi faoliyati takomillashtiriladi
19:02 / 2023-11-17

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Zoologiya instituti huzurida davlat muassasasi shaklidagi Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi negizida Respublika termitlarga qarshi kurashish ilmiy ishlab-chiqarish markazi tashkil etiladi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilanadi: 

termitlar biologiyasi va ekologiyasini o‘rganish hamda ularning zararli faoliyatiga qarshi kurashish yuzasidan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish; 

termitlarga qarshi kurashishda qo‘llaniladigan yem-xo‘rak ishlab chiqarish texnologiyasi va uni qo‘llash usullarini doimiy ravishda takomillashtirib borish va amaliyotga joriy etish; 

termitlarga qarshi kurashish yuzasidan uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyalar va yo‘riqnomalar ishlab chiqish;

respublikada aholi turar joylari, tabiiy va tarixiy obidalar, strategik ob’ektlar hamda inshootlar va ochiq yer maydonlarida termitlarning tarqalishi, zararli faoliyati yuzasidan monitoring yuritish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar dezinfeksiya stansiyalari hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hududiy filiallarining buyurtmasiga binoan termitlarga qarshi yem-xo‘raklarni shartnoma asosida tayyorlab berish.

Markaz direktori Zoologiya instituti direktorining tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Respublika termitlarga qarshi kurashish ilmiy ishlab-chiqarish markazi “Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi” davlat muassasasining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. 

O‘zA