English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Terma jamoamiz jahon chempionatida hamon birinchi
09:40 / 2025-08-29

Bolgariyaning Sofiya shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida dunyoning 71 mamlakatidan 551 nafarga yaqin polvonlar o‘zaro bellashmoqda.

Musobaqaning navbatdagi kunida dzyudochilar  qizlar – 48, – 52, o‘g‘il bolalar – 60, – 66 kg. vazn toifasida medallar uchun bahslarga kirishdi. Unda yurtimiz sharafini himoya qiligan terma jamoamizning 5 nafar a’zosidan 2 nafari bronza medali uchun tatamiga chiqdi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, – 60 kg vazndagi bellashuvlarja Dilshod Karimov va Muhammadkarim Nosirov o‘zaro bahsda bronza medali uchun raqobatlashdi.  

Mazkur bahsda har ikkala polvonimiz ham munosib bellashdi. Asosiy vaqtda g‘olib nomi aniq bo‘lmagach, polvonlar “Golden Score” ga qadar bahs olib bordi. Qo‘shimcha daqiqalarda Dilshod Karimovning qo‘gi baland keldi va jahon chempionatining bronza medali bilan taqdirlandi.  

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning ikkinchi kungi bahslar yakuniga ko‘ra 3 ta oltin bitta bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda turibdi. Ular ortidan IJF bayrog‘i ostida harakat qilayotgan dzyudochilar 2 tadan oltin va bironza medal bilan bormoqda. Kuchli uchlikni qozog‘istonlik dzyudochilar 1 tadan oltin hamda kumush va 2 ta bronza medal bilan yakunlamoqda.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA