Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Terma jamoamiz Jahon chempionatida Chusovitinasiz qatnashadi
18:46 / 2022-10-26

Angliyaning Liverpul shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha bo‘ladigan Jahon chempionati bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi Oksana Chusovitinasiz ishtirok etadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar tarqatdi.

Unda aytilishicha, Gruziyada so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazgan mamlakatimiz terma jamoasining 6 nafar a’zosi bugun, 26 oktyabr kuni Tbilisidan Liverpulga yo‘l oldi.

Jamoaviy yo‘nalishda 2024 yilgi Parij Olimpiadasi yo‘llanmalari o‘ynaladigan Jahon chempionatida 100 ga yaqin mamlakat gimnastikachilari qatorida terma jamoamiz a’zosi bo‘lgan Rasuljon Abdurahimov, Abdulla Azimov, O‘tkirbek Jo‘rayev, Habibullo Ergashev, Dildora Oripova hamda Ominaxon Xalilova yakkalik va jamoaviy bahslarda g‘oliblik hamda "Parij-2024" Olimpiadasi yo‘llanmalari uchun kurash olib boradi. Chempionat bahslari 6 noyabrga qadar davom etadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA