Terma jamoamiz finalda Uganda futbolchilariga qarshi maydonga tushadi
FOTOREPORTAJ
Namangan shahri mezbonlik qilayotgan “Navruz Cup-2022” xalqaro futbol turnirining navbatdagi uchrashuvi O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro o‘rtoqlik turnirida hamyurtlarimiz Qirg‘iziston terma jamoasi ustidan 3:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. Hisobni Qirg‘iziston terma jamoasidan Mirlan Murzoyev ochdi. Uning goliga Eldor Shomurodov javob berib, hisobni tenglashtirdi. Vakilimiz Igor Sergeyev raqib darvozasini ikki bora aniq nishonga olib, yakunda 3:1 hisobi qayd etilishini ta’minladi.
Terma jamoamiz xalqaro turnirning hal qiluvchi final bahsini Uganda futbolchilariga qarshi olib boradi. Final bahsi 29 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
[gallery-6308]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA