Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Terim mavsumi uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda
18:52 / 2020-09-29

Ishchi guruh aʼzolari fermerlar bilan majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik, terimchilar uchun yaratilgan mehnat va dam olish sharoitlarini tashkil etilishi hamda terim pullarini oʻz vaqtida berilishi borasida suhbatlashishdi.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, shuningdek, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat Respublika ishchi guruhi aʼzolari Jizzax viloyatining paxta dalalarida boʻlib, yigʻim-terimning borishi bilan tanishmoqda.

Ishchi guruh aʼzolari Sharof Rashidov tumanidagi “Visola-Shaxzoda”, “Azamat”, “Hoji Anarboy ota”, “Mirishkorlar sara xirmoni”, “Shirin”, “Shaxzodbek Ixtiyor”, “Mamatqul bobo” kabi fermer xoʻjaliklarida paxta terimining borishini oʻrgandi. Oʻrganish davomida ishchi guruh aʼzolari paxta yigʻim-terimi mavsumi yuqori tashkilotchilik bilan olib borilayotganligini eʼtirof etishdi. 

photo_2020-09-29_20-13-50.jpg  

Ishchi guruh aʼzolari fermerlar bilan majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik, terimchilar uchun yaratilgan mehnat va dam olish sharoitlarini tashkil etilishi hamda terim pullarini oʻz vaqtida berilishi borasida suhbatlashishdi.

– Qishlogʻimizdan uyda ishsiz oʻtirgan ayollardan oʻttiz nafari tuman bandlik markazi bilan shartnoma tuzib, “Oltinsoy” suvdan foydalanuvchilar uyushmasi tarkibidagi fermerlar dalasidan paxta terayapmiz, – deydi Uchqiz qishlogʻidan kelgan hasharchilar rahbari Roziya Joʻraboyeva. – Kelib-ketish uchun maxsus avtobus biriktirilgan. Terim pullarini har kuni vaqtida olayapmiz. Mehnatimiz ham fermerga koʻmak, ham oilamizga naqd daromad. Avtobusga chiqishdan oldin sanitariya-epidemiologiya markazlari mutaxassislari tomonidan terimchilarning sogʻligʻi tekshiruvdan oʻtkazilmoqda. 

photo_2020-09-29_20-13-46.jpg  

Ayni paytda dalalarda mehnat shartnomasi asosida 6 ming 800 nafardan ziyod terimchi paxta yigʻim-terimida ishtirok etayotir. Tuman hududining Jizzax shahriga yaqinligi, qishloqlarda doimiy ish bilan band boʻlmagan aholining ishlab daromad topish imkoniyatidan foydalanishga qiziqishi terim surʼatining oshishiga xizmat qilmoqda.

Tuman hokimligida oʻrganish yakunlariga bagʻishlab, mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik va terim mavsumini uyushqoqlik bilan oʻtkazishda terimchilar va fermer xoʻjaliklari oʻrtasida tuziladigan mehnat shartnomalari bajarilishini, pandemiya sharoitida terimchilar xavfsizligini taʼminlash masalalarida mahalliy Kengashlar deputatlarining, doimiy komissiyalarining faolligini oshirish masalalari muhokama etildi.

Ishchi guruh viloyatning boshqa tumanlarida ham boʻlib, paxta terimining tashkil etilishi bilan tanishmoqda.