Yuridik klinika
– Savol: Tergov harakatlarini amalga oshirishda shaxslardan zo‘rlash, qo‘rqitish, huquqlarini cheklash orqali ko‘rsatuv olish mumkinmi?
– Javob: Yo‘q, mumkin emas.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslardan zo‘rlash, qo‘rqitish, huquqlarini cheklash va qonunga xilof bo‘lgan o‘zgacha choralar bilan ko‘rsatuvlar olishga harakat qilish man etiladi.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Demak, protsess ishtirokchilaridan zo‘rlash, qo‘rqitish, huquqlarini cheklash va qonunga xilof bo‘lgan o‘zgacha choralar bilan ko‘rsatuvlar olish taqiqlanadi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 17, 18, 22, 88-moddalari.
(Ushbu material TDYUUning "Yuridik klinika"si talabalari tomonidan o‘qituvchilar nazorati ostida tayyorlandi).
Gulnoza Boboyeva, O‘zA