Bugungi kunda mamlakatimizdagi har bir rahbarning asosiy vazifasi aholi orasiga kirib borish, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilish, murojaatlarni tinglash, muammolarni o‘rganish va fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni joyida hal etishdir.
Fuqaro ozodligi vaqtincha cheklanganligi sababli rahbarning qabuliga kelolmasachi?
Joriy yilning to‘qqiz oyida Qashqadaryo viloyatida 1061 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Qamoqqa olinganlarning dardini eshitish va mavjud muammolarni o‘rganib, ularni hal qilish maqsadida Qashqadaryo viloyat sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan vaqti-vaqti bilan 5-sonli tergov hibsxonasida sayyor qabul o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
Navbatdagi sayyor qabul viloyat sudi raisining o‘rinbosari – Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi O‘.Mamadaliyev tomonidan o‘tkazildi. 39 nafar mahbus bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari tinglandi.
12 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqilishi alohida nazoratga olindi.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri