Tergov faoliyati yo‘nalishida tahsil olish istagidagi talabgorlar imtihon topshirdi
FOTOREPORTAJ
Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Tergov faoliyati yo‘nalishi bakalavriat bosqichi uchun o‘qishga qabul qilish bo‘yicha maxsus psixologik tanlov va yozma imtihon (diktant) o‘tkazildi.
Imtihon Bilim va malakalarni baholash agentligi viloyat bo‘limi binosida tashkil etilgan sinovlarda 160 nafardan ortiq talabgor ishtirok etdi. Ularga 50 ta test topshirig‘ini bajarishi uchun 40 daqiqa vaqt ajratildi.
Diktant yozish jarayoni esa audiomatn asosida tashkil etildi.
Maxsus psixologik tanlovda ham, yozma imtihonda ham maksimal ball 100 ballni tashkil etadi.
[gallery-23765]
Imtihon natijalari tekshirib bo‘lingach, Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga taqdim etiladi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA