Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tergov departamenti boshlig‘iga qanday murojaatlar tushdi?
11:05 / 2026-02-18

Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish, aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan shaxsiy va sayyor qabullar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Tergov departamenti boshlig‘i  Ramazon Ashropov o‘tkazgan shaxsiy qabulda aholining mavjud muammolarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish maqsad qilindi.

Qabul davomida 148 nafar fuqaroning 129 dan ortiq murojaati o‘rganildi. Murojaatlarning 98 tasi tergov va surishtiruv faoliyati, 20 tasi tergovga qadar tekshiruv, 5 tasi xodimlarning xatti-harakatlari yuzasidan va 6 tasi ichki ishlar organlariga oid boshqa masalalarni tashkil etadi.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar aholisi uchun shaxsiy qabul onlayn shaklda ham tashkil etilib, olis hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning mavjud muammolari videokonferensaloqa orqali tinglandi.

Shaxsiy qabul davomida vazir o‘rinbosari hamda mas’ul rahbar va xodimlar tomonidan fuqarolar bilan ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazildi. 

Xususan, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonlari, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, yo‘l harakati xavfsizligi hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlar qabul qilinib, ularni qonuniy va tezkor hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Kelib tushgan murojaatlarning 31 tasi yoki 24 foizi shu joyning o‘zida qanoatlantirildi, 15 tasi yoki 11,6 foizi bo‘yicha fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berildi. Qolgan 83  murojaat yoki 64,3 foizi qo‘shimcha o‘rganish talab etgani sababli ijroga yo‘naltirilib, o‘z vaqtida va xolisona ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.

Aholi bilan bunday ochiq muloqot va shaxsiy qabullar tizimli ravishda davom ettiriladi. 

N.Abduraimova, O‘zA