English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TerDU – BuxDU uchrashuvida termizliklar g‘alaba qozondi (31:16)
00:07 / 2026-02-27

FOTOREPORTAJ

Poytaxtdagi “Olimpiya shaharchasi”da gandbol bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida o‘tayotgan O‘zbekiston chempionati birinchi davra o‘yinlarining oltinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

Kunning markaziy uchrashuvlaridan biri — TerDU va BuxDU jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda 31:16 hisobida termizliklar g‘alaba qozondi.

Erkaklar jamoalari o‘rtasida Qo‘qon DU – Toshkent, Navoiy – Xorazm, BuxDU – Termiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi – OKMK uchrashuvlari o‘tkazildi.

[gallery-27890]

Ayollar jamoalari o‘rtasida esa Namangan – “Ranch”, Navoiy – Toshkent, OKMK – Samarqand, Jizzax – ROPSSTM jamoalari o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Mamlakat chempionatining birinchi davra bellashuvlariga 28-fevral kuni yakun yasaladi.

O‘zA fotomuxbiri

Muhammad AMIN olgan suratlar