Teraktlarga tayyorlanayotgan guruh qo‘lga olindi
Fransiya politsiyasi huquq tartibot idoralariga qarshi terror hujumini tayyorlashda gumon qilingan uyushgan guruhni qo‘lga oldi.
Fransiya politsiyasi huquq tartibot idoralariga qarshi terror hujumini tayyorlashda gumon qilingan uyushgan guruhni qo‘lga oldi.
Bu haqda BFMTV telekanali Parij prokuraturasi ma’lumotlariga asoslanib xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, gumondorlar fevral oyida guruhning ehtimoliy boshlig‘iga nisbatan boshlangan tergov harakatlari doirasida hibsa olingan. Xabarga ko‘ra, guruh yaqin kelajakda terror harakatlarini sodir etishni rejalashtirgan.
Qo‘lga olinganlar ichida o‘smir ham bor. 2017 yilda u Suriyaga ketmoqchi bo‘lgani uchun hibsga olinadi va uch yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi.