Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tepki — oddiy shish emas, jiddiy xavf manbai (+video)
17:51 / 2025-10-11

Ba’zan odamlar oddiy qichishish yoki toshma deb o‘ylaydigan holat aslida jiddiy infeksion kasallik — tepki bo‘lishi mumkin. Bu parazitli kasallik teri ostiga kirib joylashadi va juda tezlikda butun oila a’zolariga yuqadi.

Eng xavflisi — ko‘pchilik uni kech payqab, davoni o‘zicha boshlaydi. Bunday holatda esa kasallik nafaqat qaytalanadi, balki asoratlar ham yuzaga keladi.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani bo‘limi vrach-immunologi — Shahlo Rahimovaning ta’kidlashicha, epidemik parotit (tepki) inson organizmiga jiddiy zarar yetkazuvchi kasalliklardan biri hisoblanadi.

Bu kasallik ayniqsa, reproduktiv salomatlik uchun xavfli: o‘g‘il bolalar va erkaklarda tuxum bezlarining yallig‘lanishi, qizlar va ayollarda esa tuxumdon shikastlanishi kuzatiladi.

Natijada esa bepushtlikka olib keluvchi holatlar vujudga kelishi ehtimoli yuqori.

“Ba’zilar quloqosti bezlari shishganda, irim qilib, egiz farzandli ayollardan “teptirish kerak” deb o‘ylashadi. Bu — mutlaqo noto‘g‘ri fikr. Bunday vaziyatda faqat malakali shifokorga murojaat qilish lozim” deydi, vrach-immunolog — Shahlo Rahimova.  

O‘z vaqtida qo‘yilgan tashxis va to‘g‘ri davolash tepki kasalligini to‘liq bartaraf etilishi, asoratlarning oldini olish hamda oila a’zolarini himoya qilishning eng muhim garovidir.

Batafsil:

<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/GJUpbcONIzc?si=2pF7vpaIaFL3Ttt_" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev, O‘zA