FOTOREPORTAJ
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektori rahbari Alovitdin Inagamov Narpay tumani “Tepa” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.
Aholi bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda tuman sektorlari rahbarlari, mutasaddi idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi. Sayyor qabulda mahalla ahli hududdagi eskirgan simyog‘ochlarni almashtirish, elektr energiyasi, ichimlik suvi, suyultirilgan gaz ballonlar ta’minotini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, davolanishga amaliy yordam berish kabi masalalar yuzasidan murojaat qildi. Ayrim murojaatlar shu yerning o‘zida qanoatlantirilgan bo‘lsa, ma’lum muddat talab qilinadigan masalalar tegishli mutasaddi idora va tashkilotlarga yo‘naltirildi.
Sayyor qabulda mahalladagi ehtiyojmand fuqarolarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida tikuv mashinalari, payvandlash uskunalari va inkubatorlar taqdim etildi.
Alisher ISROILOV (surat), O‘zA