Tennischimiz Kamila Rahimova yarim finalga yo‘l oldi
Tennis bo‘yicha mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Kamila Rahimova Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida o‘tkazilayotgan WTA 250 turnirining juftlik bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Nufuzli turnirda Kamilla ispaniyalik Tormo Sorribes bilan juftlik tashkil qilgan holda chorak finalda sloveniyalik Kaya Xuvan va polshalik Maya Chvalinska duetiga qarshi o‘yin o‘tkazib, yakunda 6:2, 6:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa Kamila va Tormo mukofot jamg‘armasi 283 ming 347 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu turnirning yarim finalida sloveniyalik Veronika Eryavets va fransiyalik Tyansoa Sara Rakotomanga Rajaona juftligi bilan kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA