Tennischimiz Humoyun Sultonov Kuvaytda ikkita sovringa ega chiqdi
Kuvaytning Zahra shahrida tennis bo‘yicha M15 toifasiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov yakkalik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Humoyun Sultonov yakkalik bellashuvlarining so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida shvetsariyalik Luka Stayerelini 6:4, 6:2 hisobida yengib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Unga ushbu g‘alaba pul mukofotidan tashqari, 15 reyting ochkosini keltirdi.
Shuningdek, mahoratli tennischimiz musobaqaning juftlik bahslarida fransiyalik Konstantin Bittoun bilan finalda turkiyalik Mert Ozdemir va Nachi Turker bilan kuch sinashdi. Afsuski, ushbu uchrashuvda Humoyun va Konstantinga omad kulib boqmadi hamda ushbu yo‘nalishda vitse-chempionga aylandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA