Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischimiz bosh sovrinni ko‘zlamoqda
14:48 / 2025-09-10

Qozog‘istonda o‘smirlar o‘rtasida tennis bo‘yicha J300 tasnifiga kiruvchi “Astana Open – 2025” xalqaro turniri o‘tkazildi. Unda Ahmadjon Toshmuhammedov chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Gap shundaki, Ahmadjon Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik bahslari uchinchi davrasida neytral tennischi Aleksey Shibayevni 6:3, 6:4 hisobida taslim etdi va 1/4 finalda turkiyalik Xristofer Kuchuxuseyn bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.  

Juftliklar o‘rtasida esa A.Toshmuhammedov yosh tennischimiz Suxrob Saidov bilan tandemda yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan o‘yinda neytral maqomdagi sportchilar Roman Xarlamov va Yegor Pleshitsevni 7:6, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchatdi. Shu tariqa, 1/2 finalga chiqqan tennischilarimiz final yo‘llanmasi uchun mezbonlar vakili Ahmadiy Makanov va Rodion Traigelga qarshi kortga chiqadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA