Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischimiz bosh sovrin sohibi
12:20 / 2015-04-13

Qarshi shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimiga kiruvchi “Qarshi yulduzlari – 2015” turniri yakunlandi.

Qarshi shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimiga kiruvchi “Qarshi yulduzlari – 2015” turniri yakunlandi. Yigirmaga yaqin davlatdan yuz nafardan ziyod sportchi ishtirok etgan mazkur turnirda hamyurtimiz Sabina Sharipova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Sabina hal qiluvchi bahsda rossiyalik Kseniya Likinaga qarshi kortga chiqib, birinchi setni 6:2, ikkinchi setni 6:3 hisobida o‘z foydasiga hal qildi va “Qarshi yulduzlari – 2015” xalqaro turnirining bosh sovrini sohibi bo‘ldi.