Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischimiz Aleksandra Barmicheva “ITF W15” turnirining eng yosh ishtirokchisiga aylandi
11:53 / 2025-10-23

Toshkent shahrida davom etayotgan Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalar taqvimidan joy olgan W15 tasnifiga kiruvchi turnirda yakkalik bahslarning birinchi davra uchrashuvlari yakunlandi.

"Olimpiya shaharchasi" kortlarida o‘tgan ilk bosqichda hamyurtimiz Aleksandra Barmicheva latviyalik Odeta Panasani 7:5, 6:0 hisobida taslim qildi va ikkinchi bosqichda litvalik Laima Vladson bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, 15 yoshni qarshi olgan tennischimiz musobaqaning eng yosh ishtirokchisiga aylandi. U 2010 yil 25 iyulda tug‘ilgan bo‘lib, nafaqat yoshlar, balki kattalar o‘rtasidagi musobaqalarda ham ishonchli o‘yin namoyon etmoqda. Aleksandra 2025 yilda kattalar o‘rtasidagi musobaqalarda o‘z debyutini amalga oshirdi.

Uning mazkur musobaqadagi ishtiroki sport faoliyatida muhim bosqich hisoblanadi. Bu esa Toshkent shahri butun dunyodan iqtidorli va umidli tennischilar uchun o‘sish maydoniga aylanayotganini yaqqol tasdiqlaydi.

Bugun, 23 oktyabr kuni yakkaliklar o‘rtasida ikkinchi davra uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA