French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischilarimizning shashti baland
10:41 / 2025-05-30

Poytaxtimizdagi “Saxovat Sport Servis” sport majmuasida o‘tayotgan M15 toifasiga kiruvchi xalqaro tennis turniri qizg‘in pallaga kirdi. Unda ishtirok etayotgan tennischilarimizdan uch nafari — Sergey Fomin, Amir Milushev va Maksim Shin musobaqaning chorak finaliga yo‘l oldi.

30 may kuni bo‘lib o‘tadigan bellashuvlarda ular yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Sergey Fomin neytral maqomdagi Anton Chexovga qarshi bahs olib boradi. Amir Milushevning raqibi italiyalik Lorenzo Lorusso bo‘ladi. Maksim Shin esa hindistonlik Madvin Kamatga qarshi kortga chiqadi.

Shuningdek, kun davomida juftlik bahslari yarim final bosqichining ikki uchrashuvi ham start oladi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu musobaqa tennischilarimiz uchun xalqaro tajriba to‘plash, reytingdagi o‘rnini yaxshilash hamda yoshlar o‘rtasida tennisni ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA