Tennischilarimizning navbatdagi muvaffaqiyati
Ozarbayjonning Boku shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi J30 tasnifiga kiruvchi nufuzli xalqaro turnirda Mahmudbek Beknazarov bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning yakkalik bahslarida hamyurtimiz Mahmudbek Beknazarov so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida neytral tennischi Nikita Davidovskiyga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda hisob 6:2, 4:0 bo‘lib turgan bir vaziyatda Nikita noma’lum sabablarga ko‘ra o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi va mag‘lubiyatini tan oldi.
Juftlik bellashuvlarida Amir Safoyev va Asilbek Ismoilov tandemi final bosqichida neytral tennischilar Arkiom Askirka va Mark Xaidtni 6:3, 0:6 10:7 hisobida taslim etgan holda musobaqa chempioniga aylandi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA