Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischilarimizning muvaffaqiyati
14:20 / 2015-11-27

Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan Isroil va Turkiyada tashkil etilgan xotin-qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan Isroil va Turkiyada tashkil etilgan xotin-qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Isroilda o‘tayotgan musobaqaning yakkalik bahslarida Vlada Yekshibarova dastlab ukrainalik Veronika Stotikani 6:2, 6:7, 6:1, ikkinchi davrada moldovalik Yuliya Xelbetni 6:4, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga yo‘l oldi.

Nufuzli turnirning jufliklar o‘rtasidagi bahsida V.Ekshibarova rossiyalik Olga Doroshina bilan dastlabki davrada rossiyalik tennischilar Sofiya Salimova hamda Sofiya Vaynbergni 6:1, 6:3, chorak finalda esa ruminiyalik Teodora Kadar va moldovalik Yuliya Xelbetni 6:2, 6:3 hisobida yengdi.

Final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan uchrashuvda V.Ekshibarova hamda O.Doroshina isroillik Alona Pushkarevskaya va rossiyalik Darya Lodikovaga qarshi kortga chiqadi.

Turkiyaning Antaliya shahrida davom etayotgan xalqaro turnirda yosh tennischimiz Arina Fols birinchi davrada italiyalik Juliya Kreschensini 6:1, 6:2 hisobida yengdi. U ikkinchi davrada bolgariyalik Diya Yevtimova bilan bahslashadi.

A.Fols AQSh vakili Dasha Ivanova bilan birgalikda juftlik bahslarida ham ijobiy natijaga erishmoqda. Ular musobaqaning ilk davrasida ukrainalik Anastasiya Fedoroshina va Anastasiya Kirillova ustidan 1:6, 6:4, 10:6 hisobida zafar quchdi va chorak finalda bolgariyalik Diya Yevtimova hamda turkiyalik Melis Sezer juftligi bilan kuch sinashadi.