Tennischilarimizning "Devis kubogi"dagi raqibi Nigeriya
Tennis bo‘yicha erkaklar terma jamoalari o‘rtasida norasmiy Jahon chempionati hisoblangan "Devis kubogi" musobaqasining II Jahon guruhi juftliklari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, o‘tgan yilning sentyabr oyida II Jahon guruhi pley-off bosqichida Hong Kongga imkoniyatni boy bergan O‘zbekiston terma jamoasi I Jahon guruhiga chiqish uchun Nigeriya sinovidan o‘tishi kerak bo‘ladi.

Nigeriya-O‘zbekiston terma jamoalari o‘yini joriy yilning 6-8 fevral kunlari Nigeriyada bo‘lib o‘tishi belgilandi.
Aytish lozim, Nigeriya terma jamoasi o‘tgan yilning avgust oyida III Afrika guruhida Jazoir, Zimbabve hamda Senegal jamoalaridan ustunlikka erishib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
"Devis kubogi" reytingida 49-o‘rinni egallab turgan O‘zbekiston terma jamoasi 74-o‘rinda qayd etilgan Nigeriya jamoasi bilan tennis musobaqalari tarixida biror marta ro‘baro‘ kelmagan.
T.Ro‘ziyev, O‘zA