Tennischilarimiz xalqaro turnirni g‘alaba bilan boshladi
Dushanbe shahrida J60 tasnifiga kiruvchi o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro turnirda tennischilarimiz muvaffaqiyatli start oldi. «Tajikistan tennis Federation Cup» turnirining yakkalik bahslari ilk davrasida hamyurtimiz Ahmadjon Toshmuhammedov neytral tennischi Yahor Artsiomenkani 6:1, 4:6, 6:4 hisobida taslim qildi va ikkinchi bosqichda armanistonlik David Zoxranyan bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Nuriddin Baxtiyorov esa neytral tennischi Rafael Asadullinni 6:3, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi tennischimiz chorak finalda xitoylik Jin Tao Langa qarshi kortga tushadi. Shuningdek, vakillarimizdan Suhrob Saidov va Danila Kvasov ham birinchi davradan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Shu tariqa, Suhrob keyingi bosqichda xitoylik Juru Jangga qarshi raqobatlashsa, Danila qozog‘istonlik Nikita Nikolenko bilan kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA