Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischilarimiz xalqaro turnirda tengsiz
11:09 / 2025-11-17

Andijonda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) va O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan o‘smirlar o‘rtasidagi turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Isroil, Belarus, Buyuk Britaniya, Hindiston, Ukraina va Rossiyadan yosh tennischilar ishtirok etdi.

Musobaqaning yakkalik bahslarida ikki hamyurtimiz Abdurahmon Karimov va Amir Safoyev so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida o‘zaro to‘qnashdi. Uchrashuvda Abdurahmon 6:0, 4:1 hisobida zafar quchib, chempionga aylandi. Qizlar orasida Viktoriya Xassayeva (Rossiya) bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, yigitlar o‘rtasidagi juftlik bellashuvlarida hamyurtlarimiz Abdurahmon Karimov va Alan Zinatulindan iborat tandem finalda Viktor Makarov (Rossiya) / Amir Safoyev (O‘zbekiston) duetini 6:1, 6:2 hisobida taslim qildi va musobaqa g‘olibiga aylandi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA