Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischilarimiz xalqaro turnirda muvaffaqiyatli qatnashmoqda
14:25 / 2025-07-24

Namanganda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi J30 tasnifiga kiruvchi turnirda yarim finalchilar nomi aniq bo‘lmoqda. Quvonarlisi, musobaqaning yakkalik bahslarida Mahmudbek Beknazarov chorak finalda neytral tennischi Mixail Gavrilenkoni 6:3, 6:0 hisobida yengib, yarim finalda boshqa bir neytral sportchi Klim Kasinsevni sinovdan o‘tkazadigan bo‘ldi.

Shuningdek, mazkur bosqichda Danila Kvasov va Alan Zinatulin kabi tennischilarimiz o‘zaro raqobatlashadi. Ushbu bellashuvda g‘olib bo‘lgan tennischi 1/2 finalda germaniyalik Viggo Vagenknextga qarshi kortga chiqadi.

O‘g‘il bolalar orasida Amir Safoyev neytral tennischi Timur Dautov bilan duet hosil qilib, 1/2 final bosqichida boshqa bir neytral tennischi Albert Xalatyan va germaniyalik Viggo Vagenknext bilan raqobatlashadigan bo‘ldi. 

Shuningdek, ikkinchi yarim finalda muxlislar o‘zbek derbisiga guvoh bo‘ladi. Aniqrog‘i, yarim finalda Nikita G‘afurov va Alan Zinatulin tandemi Mahmudbek Beknazarov va Abdurahmon Karimov dueti final ostonasida kuch sinashadi.

Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA