Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischilarimiz xalqaro turnir yarim finaliga yo‘l oldi
14:41 / 2025-06-19

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi J100 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirning juftlik bahslarida chorak final o‘yinlari o‘tkazildi.

Unda hamyurtlarimiz Suxrob Saidov va Ahmadjon Toshmuhammedov juftligi qozog‘istonlik Erasil Baxtiyor va Toir Sarmanovni 6:3, 2:6, 10:7 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Afsuski, hamyurtimiz Danila Kvasov qozog‘istonlik Toir Kayretdinov bilan birgalikda koreyalik Min Hyuk Cho va Taye Vu Kim juftligiga 6:3, 6:1 hisobida taslim bo‘ldi.

Shu tariqa, yarim finalda Suxrob Saidov va Ahmadjon Toshmuhammedov juftligi koreyalik Min Hyuk Cho va Taye Vu Kim tandemiga qarshi raqobatlashadi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA