Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischilarimiz xalqaro turnir chorak finaliga chiqdi
13:28 / 2025-08-13

Namanganda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “J100” tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirning erkaklar o‘rtasidagi juftlik bahslarida chorak finalchilar nomi aniq bo‘ldi.

Quvonarlisi, mazkur yo‘nalishda hamyurtlarimizdan Ahmadjon Toshmuhammedov va Abdulaziz Usmonjonov tandemi yarim final ostonasida neytral tennischilar Fedor Altukov va Ivan Doroxovga qarshi o‘yin o‘tkazsa, Danila Kvasov va Akmal Abdullayev dueti chorak finalda Hong Kong vakili Siu Chi Cheng va polshalik Viktor Jez bilan raqobatlashadi.  

Shuningdek, Nuriddin Baxtiyorov va Suhrob Saidov 1/2 final yo‘llanmasi uchun qozog‘istonlik Toir Kayretdinov va Mansur Sainov, Mahmudbek Beknazarov esa qozog‘istonlik sherigi Rodion Traigel bilan birgalikda Timur Saulenko (Qozog‘iston) hamda Arseniy Trebukinga (Qozog‘iston) qarshi kortga chiqadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA