Tennischilarimiz Tailand turnirida
Tailandda tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi xalqaro turnir start oldi. Unda mamlakatimiz sharafini Maksim Shin va Ilya Ignatov yakkalik hamda juftlik bahslarida himoya qilmoqda.
Musobaqaning yakkalik bellashuvlari ilk turida Maksim Shin qozog‘istonlik Grigoriy Lomakin bilan raqobatlashdi. Uchrashuvning dastlabki setini tay-brekda o‘z foydasiga hal etgan Maksim, ikkinchi setda kutilmaganda 0:6 hisobida yutqazdi. Biroq uchinchi setda o‘yin tizginini o‘z qo‘liga olib, raqibini 6:3 hisobida yengdi va ikkinchi davrada tailandlik Markus Malaszakka qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Shuningdek, xalqaro turnirning juftlik bahslarida Ilya Ignatov gretsiyalik sherigi Markos Kalovelonis bilan birga chorak finalda mezbon tennischi Thantub Suksumrarn va hindistonlik Say Ganta tandemi bilan raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA