Tennischilarimiz Qirg‘izistonda porlamoqda
Qirg‘izistonda yoshlar o‘rtasida tennis bo‘yicha J60 tasnifiga kiruvchi «ISSYK-KUL SUMMER – 2024» xalqaro turniri qizg‘in pallaga kirdi.
Musobaqaning chorak finalida hamyurtimiz Abdulaziz Usmonjonov neytral tennischi Mixail Sapojnikovni uch setda 6:7, 6:1, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va qozog‘istonlik Nikita Nikolenkoga qarshi yarim finalda kortga chiqadigan bo‘ldi.
Yana bir vakilimiz Suhrob Saidov esa 1/4 final bosqichida ukrainalik Grigoriy Kartavenkoga qarshi o‘yin o‘tkazib, yakunda 6:4 6:1 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. Endi Suhrob final yo‘llanmasi uchun qozog‘istonlik Erasil Baxtiyar bilan kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA