Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischilarimiz nufuzli turnirda chorak finalga chiqdi
11:08 / 2025-11-12

Andijonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida J30 tasnifiga kiruvchi nufuzli musobaqaning juftlik bahslarida chorak final ishtirokchilari nomi aniqlandi.

Jumladan, o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi juftliklar orasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Abdurahmon Karimov va Alan Zinatulin tandemi neytral tennischilar Gleb Funtikov va  Nikita Kochegarov bilan chorak finalda raqobatlashish huquqini qo‘lga kiritdi. Ushbu bosqichda Nikita G‘afurov va qozog‘istonlik sherigi Arafat Mustafa bilan duet hosil qilib, neytral maqomdagi tennischilar aka-uka Andrey va Sergey Bokarevga o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, yosh tennischilarimizdan Yusufbek Malikov va Hamidjon Mansurov juftligi rossiyalik Viktor Makarov hamda hamyurtimiz Amir Safoyevga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Qizlar orasida esa Elnura Boltaboyeva va Muslimaxon Turdimurodova neytral tennischilar Varvara Berdiyeva/Mariya Sosunova bilan bellashsa, Samira Qaziyeva hamda Emiliy Kim qozog‘istonlik Evelina Balaganskaya va Tatyana Ivanovani sinovdan o‘tkazadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA