Tennischilarimiz juftlik bahslarida yengildi
Biroz avval xabar berganimizdek, Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi yopiq kortlarida “Devis kubogi”ning I Jahon guruhi uchun pley-off bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Bosniya va Gersegovina terma jamoalari juftlik bahsida o‘zaro raqobatlashdi.
Unda Sergey Fomin va Humoyun Sultonov dueti Mirza Bashich hamda Nerman Fatich tandemi to‘qnashdi. Bahsda Mirza hamda Nerman juftligi 7:6, 7:6 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa, O‘zbekiston - Bosniya va Gersegovina terma jamoalari bahsida umumiy hisob 1:2 ko‘rinishini oldi.

Birozdan so‘ng, terma jamoalarning birinchi raqamli tennischilari Humoyun Sultonov – Damir Jumhur bellashuvi boshlanadi. Agarda ushbu o‘yinda Damir Jumhur g‘alaba qozonsa, Sergey Fomin va Mirza Bashich uchrashuvi o‘tkazilmaydi.


Javohir Toshxo‘jayev, Alimurod Mamadaminov (surat), O‘zA