Tojikistonda o‘smirlar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan J30 tasnifiga kiruvchi turnirda yosh tennischilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Musobaqaning juftlik bahslarida Veronika Jeparova qozog‘istonlik Noilya Baimaxan bilan tandemda neytral tennischi Viktoriya Yegorova hamda moldovalik Yana Semichinani 6:3, 7:5 va 10:5 hisobida taslim etdi va yarim finalga chiqqan holda turkmanistonlik Ilima Guseynova hamda Eronlik Xana Shabunpurga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. Yigitlar orasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Nikita G‘ofurov qozog‘istonlik do‘sti Assan Sarmanov, Amir Safoyev va tojikistonlik Ahmadjon Qosimiy yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Nikita va Assan final ostonasida neytral tennischilar Maksim Prokoshin hamda Vadim Savlevga qarshi o‘yin o‘tkazsa, Amir hamda Ahmadjon neytral sportchilar Daniil Dinits va Roman Rijni bilan final chiptasi uchun bellashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA