English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischilarimiz ikkinchi o‘rinni egalladi
14:55 / 2022-10-10

Joriy yilning 3-9 oktyabr kunlari Ispaniyaning Alikante shahrida ATP Challenger 80 turniri bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘zbekistonlik Sergey Fomin va Sanjar Fayziyev juftligi final o‘yinida niderlandiyalik Robin Xaase va Fransiyalik Albano Olivettiga 7:6, 7:5 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirda ikkinchi o‘rinni egalladi. 

Tennischilarimiz birinchi davradayoq ukrainalik Vladislav Manafov va Oleg Prixodko juftligini 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalida ikkinchi raqam ostida joylashdi. 

Sanjar va Sergey murakkab yarim final o‘yinida Buyuk Britaniyalik Bill Xarris va kanadalik Kelsi Stivensonlar ustidan 5:7, 6:2, 10:4 hisobida g‘alaba qozondi. 

Ertaga Sanjar Fayziyev rossiyalik Yevgeniy Karlovskiy bilan juftlikda Germaniyada bo‘lib o‘tadigan ATP Challenger turnirida ishtirok etadi. 

Tennischilarimizga bo‘lib o‘tajak turnirlarda omad tilab qolamiz! 

 

 «O‘zmilliybank» AJ 
Matbuot xizmati