Tennischilarimiz ikkinchi davraga yo‘l oldi
Andijon shahrida tennis bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tayotgan xalqaro turnirda birinchi davra bahslari yakunlandi.
Andijon shahrida tennis bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tayotgan xalqaro turnirda birinchi davra bahslari yakunlandi.
Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqaning “Fyuchers” bahslarida Sanjar Fayziyev belaruslik Yaroslav Shilyani mag‘lubiyatga uchratdi.
Yosh tennischimiz Botir Sapayev esa ukrainalik Oleg Xotkovni 6:7, 6:1, 6:3 hisobida yenggan bo‘lsa, Saida’lo Saidkarimov qozog‘istonlik Timur Xabibulinni 3:6, 6:1, 6:4 hisobida mag‘lub etdi. Tennischilarimiz Humoyun Sultonov va Pavel Soy bahsida 6:2, 6:1 hisobi qayd etildi.
Xotin-qizlar o‘rtasida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova umidli sportchimiz Yuliya Kimni 6:0, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Nigina Abduraimova esa belaruslik Ilona Kremenni ustidan 6:1, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Bugun, 30 may kuni mazkur musobaqada ikkinchi davra bahslari o‘tkaziladi.