Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischilarimiz chorak finalda
09:36 / 2025-06-18

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi J100 tasnifiga kiruvchi turnirda juftlik bahslari o‘zbek tennischilari uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.

Jumladan, Suxrob Saidov va Ahmadjon Toshmuhammedov tandemi juftlik bahslaridagi birinchi o‘yinda mezbon tennischilar Temujin Iskandirov va Anatoliy Sibulko duetini 7:6, 4:6, 12:10 hisobida taslim etdi va chorak finalga chiqdi. Endi Suxrob va Ahmadjon yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan uchrashuvda qozog‘istonlik Erasil Baxtiyor va Toir Sarmanovga qarshi kortga chiqadi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda yosh tennischimiz Danila Kvasov qozog‘istonlik Toir Kayretdinov bilan birgalikda birinchi davrada qirg‘izistonlik David Mogilevskiy va qozog‘istonlik Daniyel Yureklini 7:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa, Danila va Toir 1/4 final bosqichida koreyalik Min Hyuk Cho va Taye Vu Kim juftligi bilan raqobatlashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA