Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischilarimiz bosh sovrinni ko‘zlamoqda
12:16 / 2015-11-13

Turkiya va Gretsiyada Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan tashkil etilgan nufuzli turnirlarda yosh tennischi qizlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Bu mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan sport turlarining izchil tarzda ommalashayotganidan dalolatdir.

Gretsiyada o‘tkazilayotgan musobaqaning juftlik bahslarida tailandlik Xelen De Chezare bilan ishtirok etayotgan hamyurtimiz Vlada Yekshibarova chorak finalda isroillik Shiran Arol Vegand va chexiyalik Tereza Koplovani, yarim finalda italiyalik Debora Keza va serbiyalik Boyana Marinkovichni mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi.

Vlada va Xelen finalda shveytsariyalik Karin Kennel va bolgariyalik Viktoriya Tomovaga qarshi kortga chiqadi.

Turkiyada xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqaning juftlik bahslarida iste’dodli tennischimiz Arina Fols rossiyalik Aleksandra Pospelova bilan birga muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Ular dastlabki davrada rossiyalik tennischilar Anastasiya Potapova hamda Alisa Rudenkoni, chorak finalda gollandiyalik Mendy Vagemaker va germaniyalik Alina Vesselni yengdi.

Nufuzli turnirning final yo‘llanmasi uchun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda mazkur juflik makedoniyalik Lina Gorcheska va xorvatiyalik Iva Primorats bilan raqobatlashadi.